13:48 / 20.12.2015
3757

Saakashviliga fuqarolar bilan uchrashmagani uchun 28 dollarlik jarima belgilandi

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixeil Saakashvili o‘z qabuliga yozilgan mamlakat fuqarolari bilan uchrashmagani uchun unga 28 dollarlik (680 griven) jarima belgilandi, deb xabar qilmoqda “Dumskaya”.

Ma'lum qilishlaricha, Saakashvili ikkinchi marta sud qarorini bajarmasa, jarima ikki baravar etib tayinlanishi va hatto unga “mansabdor shaxsi tomonidan sud hukmini bajarmaslik” aybi qo‘yiladi.

Bunday holatda Odessa gubernatoriga besh yillik qamoq jazosi xavf soladi.

Top