21:38 / 21.12.2015
30564

“E'tirof-2015” milliy mukofoti sovrindorlari nomi ma'lum bo‘ldi

Bugun, 21 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Istiqlol” san'at saroyida “E'tirof-2015” milliy mukofoti sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 23ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar nomi e'lon qilindi.

Tadbir estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan hamohanglikda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga mukofot statuetkasi va diplomlar taqdim etildi:

“Yilning eng yaxshi teatr aktyori” – Feruz Burxonov;

“Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” – Shaxlo Temirova;

“Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi” – Yulduz Rajabova;

“Yilning eng yaxshi kinoaktyori” – Shohrux Nasimov;

“Eng yaxshi tarixiy ayol obrazi” – Gulbahor Yo‘ldosheva;

“Yilning eng yaxshi yoshlar dasturlari prodyuseri” – Baxtiyor Safarov;

“Eng yaxshi radio boshlovchi” – Ibrohim Ahmedov;

“Eng yaxshi jurnalist” – Jamshid Umrzoqov;

“E'tibor” – Nuriddin Hamroqulov;

“San'at sohasidagi xizmatlari uchun” – Nuriddin Haydarov;

“Yilning eng yaxshi bastakori” – Oydin Abdullayeva;

“Yilning eng yaxshi raqqosasi” – Dilorom Madrahimova;

“Eng yaxshi opera ayol xonandasi” – Shirin Mamatova;

“Yilning eng yaxshi guruhi, ansambli, orkestri” – Oybek va Nigora;

“Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi” – Abdurashid Yo‘ldoshev;

“Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi” – Malika Egamberdiyeva;

“Yilning eng yaxshi sportchisi” – Dmitriy Shokin;

“Sport malikasi” – Diyora Keldiyorova;

“Yilning eng yaxshi sport murabbiyi” – Jalol Yusupov;

“Yil paraolimpiyachisi” – Norbekov Xusniddin;

“Yilning eng yaxshi haykaltaroshi” – Aslanbek Alnazarov;

“Yilning eng yaxshi hunarmandi” – Jasur Jumayev.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir Kun.uz sayti muxbirlari tomonidan onlayn yoritib borildi.

Top