18:11 / 21.12.2015
32215

“E'tirof-2015” taqdirlash marosimidan onlayn reportaj

Bugun, 21 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Istiqlol” san'at saroyida “E'tirof-2015” milliy mukofoti sovrindorlarini tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Unda 23ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar nomi ma'lum bo‘ladi. Ayni paytda marosim o‘z ishini boshladi. Mazkur marosimda Kun.uz muxbirlari va fotomuxbirlari ham ishtirok etmoqda. Marosim tafsilotlarini onlayn reportajimiz orqali kuzatib boring.

Birma-bir g‘oliblar nomi aniqlanmoqda. Demak, “Yilning eng yaxshi teatr aktyori” nominatsiyasida "Tutash taqdirlar" seriali orqali ko‘pchilikka tanish bo‘lgan O‘zbek milliy akademik teatri aktyori Feruz Burxonov g‘olib deb topildi.

“Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” nomiga esa Shaxlo Temirova munosib deb topildi.

“Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi” nominatsiyasida Rajabova Yulduz nomi tilga olindi.

 

“Yilning eng yaxshi yoshlar dasturlari prodyuseri” nominatsiyasida “Mening yurtim" telekanali vakili Safarov Baxtiyor g‘olib sifatida e'tirof etildi.

“Yilning eng yaxshi kinoaktyori” – Shohrux Nasimov.

“Eng yaxshi tarixiy ayol obrazi” – Yo‘ldosheva Gulbahor.

“Yilning eng yaxshi haykaltaroshi” – Alnazarov Aslanbekka nasib qildi.

“Yilning eng yaxshi hunarmandi” nomiga Jasur Jumayev sazovor bo‘ldi.

“Eng yaxshi radio boshlovchi” – Ahmedov Ibrohim.

Toshkent telekanali jurnalisti Jamshid Umrzoqov “Eng yaxshi jurnalist” nominatsiyasiga munosib deb topildi.

“Yilning eng yaxshi sportchisi” – sportning taekvando turi bo‘yicha Jahon chempioni Dmitriy Shokin mukofotni qabul qilib oldi.

“Yilning eng yaxshi sport murabbiyi” – Yusupov Jalol.

“Sport malikasi” – Keldiyorova Diyora.

Muqaddas Sa'dullayeva "Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi" Yulduz Rajabovani qutlamoqda.

“Yilning paraolimpiyachisi” – Norbekov Xusniddin.

“E'tibor” nominatsiyasida san'atkor Nuriddin Hamroqulov nomi e'tirof etildi. Mukofotni san'atkorning o‘g‘li Oybek Hamroqulov qabul qilib oldi.

San'at sohasidagi “Xizmatlari uchun” nominatsiyasida Nuriddin Haydarov g‘olib bo‘ldi. Mukofot uning o‘g‘li Xojakbar Haydarovga topshirildi. Sahnada “Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan” taronasi yangramoqda.

“Yilning eng yaxshi bastakori” – Abdullayeva Oydin. “Yilning eng yaxshi baletmeysteri” – Juraboyeva Charosoy. Mukofotlarni Kumush Razzoqova topshirdi.

“Yilning eng yaxshi raqqosasi” – Madrahimova Dilorom.

“Eng yaxshi opera ayol xonandasi” –  Mamatova Shirin.

“Yilning eng yaxshi guruhi, ansambli, orkestri” – Oybek va Nigora.

“Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi” – Abdurashid Yo‘ldoshev!

“Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi” – Malika Egamberdiyeva.

Shu bilan 2015 yilda e'tirof etilganlarning nomlari ma'lum bo‘ldi. Kun.uz  sayti tahririyati barcha ijodkorlarni mukofot bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qoladi. Mazkur marosimning to‘liq tafsiloti, foto va video reportaj saytimiz orqali e'tiboringizga havola etiladi.

Top