07:47 / 21.12.2015
3558

“Yulduzlar jangi” filmi birinchi "uik-end"da 500 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘di

“Yulduzlar jangi” filmining 7-qismi ekranlarga chiqarilganining birinchi uik-endida (juma, shanba, yakshanba) 517 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘di. Biroq film Xitoyda hali ekranlarga chiqarilmadi.

Film rasman avvalgi rekord natija o‘rnatgan “Yura davri olami” filmidan ortda qolmoqda. “Yura davri olami” filmi dunyo prokatida 524 mln dollar yiqqan, film bir vaqtning o‘zida barcha yerda namoyish qilingan va yuqoridagi ko‘rsatkichda Xitoydagi namoyishlar ham hisobga olingan. Film Xitoyning o‘zida 100 mln dollarga yaqin kassa yiqqan.

“Yulduzlar jangi” filmi esa Xitoyda 2016 yil 9 yanvarda ekranlarga chiqariladi, chunki filmning ekranga chiqarilishi vaqtiga kelib bu mamlakatda Gollivud filmlarini namoyish qilish uchun 2015 yilgi limit poyoniga yetgan.

Top