00:17 / 21.12.2015
2897

Air France aviakompaniyasida samolyot bortida topilgan shubhali buyum bilan bog‘liq holat yolg‘on trevoga deb aytildi

Air France aviakompaniyasi rahbari AF463 samolyoti bortida topilgan shubhali buyum bilan bog‘liq holatni yolg‘on trevoga deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Uning aytishicha, u bu holatni tergov qilishni boshlash masalasini hal qilayotgan fransuz tergovchilari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Air France aviakompaniyasining Mavrikiy — Parij reysi bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan samolyoti uning hojatxonasida shubhali buyum topilgandan keyin Keniyaning Mombasa aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyotda hammasi bo‘lib 459 yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan, ularning barchasi evakuatsiya qilingan.

Top