22:35 / 21.12.2015
2420

Amerikalik o‘ziga soxta surat sotgani uchun Konchalovskiy fondini sudga berdi

Kaliforniyalik fuqaro Petr Konchelovskiy badiiy fondi uning suratlaridan birini soxta deb atagani uchun 800 ming dollarlik ma'naviy zarar to‘lash talabi bilan sudga berdi. U Fondni “Suratlarni diqqat bilan tekshirmaganlikda” ayblamoqda. Bu haqda The New York Post yozmoqda.

Richard Fisher suratni 1991 yilda Konchalovskiy fondidan Sotheby’s auksion uyi tomonidan asl nusxa deb e'lon qilingach, sotib olgan edi. 2012 yilda u xuddi shu auksion orqali uni Nyu-Yorkda sotmoqchi bo‘lganida surat soxta deb topildi.

Sotheby’s badiiy asarni 800 ming dollar deb baholagan. So‘ngra Fondning qarori bilan uni soxta deb topib, Fisherga 6 ming dollar miqdorida tovon puli to‘lab berishni taklif qilgandi. Bu pullarni Fisher 1991 yilda surat uchun to‘lagan edi.

Top