00:13 / 21.12.2015
3939

Angliya chempionati, 17-tur: “Liverpul” “Uotford”dan yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, “Suonsi Siti” va “Vest Xem” durang o‘ynashdi

Angliya chempionatining 17-turida “Liverpul” mehmonda “Uotford”dan 3:0 hisobida yiriq hisobda mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar 3-daqiqadayoq Natan Ake goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 15-daqiqada Odion Igalo mersisaydliklar darvozasiga yana bir to‘p kiritdi. O‘yindagi yakuniy hisobni Igaloning o‘zi o‘rnatdi va dublga erishdi.

4 marta ketma-ket g‘alabaga erishayotgan “Uotford” 28 ochko bilan musobaqa jadvalida 7-o‘rinni, “Liverpul” esa 24 ochko bilan 9-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 17- tur
Uotford – Liverpul – 3:0
Gollar: Ake, 3 (1:0); Igalo, 15 (2:0); Igalo, 85 (3:0).

Turning yana bir uchrashuvida “Suonsi Siti” va “Vest Xem” durang natija qayd qilishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.

“Suonsi” uchrashuvdan keyin 15 ochko bilan musobaqa jadvalida 18-o‘rinni, 25 ochko yiqqan “Vest Xem” esa 8-o‘rinni egallamoqda.

Suonsi Siti – Vest Xem Yunayted – 0:0

Top