08:47 / 21.12.2015
2237

AQShda kichik samolyot qulashi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Kaliforniya shtati hukumati yengil motorli samolyot qulashi natijasida 5 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, San-Xose shahridan havoga ko‘tarilgan samolyot Las-Vegasga uchish vaqtida radardan yo‘qolib qolgan.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan samolyot qoldiqlari Beykersfild shahri yaqinidan topilgan. Qutqaruvchi guruh samolyot qulagan joydan 5 kishining jasadini aniqlagan.

Mahalliy politsiya shefi Mark Kingning xabar berishicha, ayni vaqtgacha marhumlarning shaxsini aniqlashning iloji bo‘lmagan.

Top