10:16 / 21.12.2015
7363

Hafta dayjesti: Musulmon koalitsiyasi, Putinning chiqishlari, "O‘yindan chiqayotgan" Asad va boshqa asosiy voqealar

Kun.uz sayti ortda qolgan haftaning eng asosiy voqealarini eslatib o‘tadi.

13 dekabr kuni Rossiya va Turkiya munosabatlarida "yangi teshik hosil bo‘ldi". Egey dengizida turgan ruslar kemasiga turklarning baliqchi kemasi yaqinlashib kelgani vaj qilinib, o‘t ochildi.

Saudiya Arabistoni 34 ta davlatdan iborat aksilterrorchilik koalitsiyasi tuzilganini e'lon qildi.

Xitoyda ShHTning 14-yig‘ilishi o‘tkazildi va unda O‘zbekiston vakili Rustam Azimov chiqish qildi.

Kerri Moskvaga keldi va Putin bilan uchrashdi.

IShID Suriyadan tashqaridagi neft aktivlarini egallashni rejalashtirmoqda.

Oxirgi oy davomida kamida 3 marta katta chiqish qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 dekabr kuni yana bir marta dunyo jamoatchiligi e'tibor markazida bo‘ldi. U jurnalistlarni o‘n birinchi marta katta matbuot anjumaniga to‘plab, ularga o‘n birinchi marta “yil hisoboti”ni o‘qib eshittirdi va uning bu safargi chiqishi kamida 3 soat davom etdi.

Rossiya Suriya hukumatidan Bashar Asadning ketishiga roziligi haqida xabar paydo bo‘ldi. Hatto, ruslar uning o‘rniga o‘z nomzodlarini tayyorlashgan.

Arab davlatlari terrorga qarshi

Saudiya Arabistoni 34 ta davlatdan iborat aksilterrorchilik koalitsiyasi tuzilganini e'lon qildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi yangi aksilterrorchilik koalitsiyasi xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlaydi

Peskov Turkiya ishtirokida tuzilgan aksilterror koalitsiyaga munosabatini bildirdi

 

Xitoyda ShHTning 14-yig‘ilishi

Chjenchjouda ShHT a'zolarining hukumat rahbarlari kengashi majlisi boshlandi

Xitoy ShHT doirasida erkin savdo zonasini yaratishni taklif qilmoqda

ShHT hukumatlari rahbarlari Xitoyda bir qancha qo‘shma hujjatlarni imzoladi

Qirg‘iziston ShHT taraqqiyot banki va taraqqiy jamg‘armasining tezroq ishga tushirilishini so‘ramoqda

Rustam Azimov: O‘zbekiston ShHT doirasida erkin savdo hududi yaratish taklifini ko‘rib chiqishga tayyor emas

 

Putin Kerri bilan uchrashdi

Kerri: Rossiyadan sanksiyalar Minsk kelishuvlari bajarilishi bilanoq olinadi

Kerri: AQSh Rossiyani yakkalash siyosatini yuritmayapti

Kerri: Rossiya ham AQSh kabi Suriya va Ukrainadagi vaziyat barqarorlashuvini istaydi

BMTda Kerri va Lavrovdan Suriya masalasidagi muzokaralar qachon boshlanishi haqidagi xabarni kutishmoqda

Kerri Moskvaning Arbat ko‘chasi bo‘ylab sayrga chiqdi

Lavrov va Kerri o‘rtasidagi muzokaralar 3 soatdan buyon davom etdi

 

Putin Rossiyasi

Putin matbuot anjumanini latifadan boshladi

Putin hukumat haqida: uning xatolarida mening ham aybim bor

Putin Erdo‘g‘an uchun javob bermaydi

Putin IShIDni “ikkinchi darajali narsa” deb baholadi

Putin keyingi yili Ukraina bilan munosabatlar yomonlashishi mumkinligini aytdi

Putin: IShID mintaqada uchinchi tomon manfaatlarini himoya qilmoqda

Putin Turkiya Su-24ni urib tushirishni AQSh bilan kelishib olganini taxmin qildi

Putin katta yuk mashinalaridan undiriladigan soliqning bekor qilinishini aytdi

Putin: Blatterga Nobel mukofotini berish kerak

Putin qizlari haqida: ular biznes bilan ham, siyosat bilan ham shug‘ullanmaydi

Putin Trampni AQSh prezidentligi uchun saylovdagi asosiy nomzod deb biladi

 

Asadning Suriyasi

Reuters: Moskva o‘tish jarayoni doirasida Asadning ketishiga tayyor

AQSh: Vena jarayoni Bashar Asad taqdiri bo‘yicha kelishmovchiliklar sababli muhim

G‘arb: "Asad narsalarini yig‘ishtirib, ketishga tayyorlanmoqda"

Reuters: Rossiya Asadning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga ega

Asadlar oilasining do‘sti Livan prezidentligiga harakat qilib ko‘rmoqchi

 

Shuningdek, quyidagi muhim xabarlar:

Egey dengizi hududida Rossiya qo‘riqchi kemasi Turkiya baliqchi kemasiga o‘t ochdi

Turkiya baliqchi kemasi xo‘jayini Rossiya kemasi tomonidan o‘q uzilgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi

TAPH xalqaro gaz quvurining turkman uchastkasi qurilishiga start berildi

Saudiya Arabistoni xotin-qizlari saylovlarda ilk bor ishtirok etdi

Merkel Financial Times tomonidan yil kishisi deb topildi

Erdo‘g‘an Isroil bilan munosabatlarning yaxshilanishiga umid bildirmoqda

Turkiya bosh vaziri: Iroqda turk harbiylari bo‘linmasi qoldiriladi

Rossiya munosabatlarni qayta tiklash uchun Turkiya qarshisiga uchta shart qo‘ydi

Erdo‘g‘an: "Uchuvchilarning xatosi" tufayli ikki davlat munosabatlari yomonlashishi kerak emas

O‘zbekistonda 500 million dollarlik kimyo zavodi quriladi

OPeK bir yildan so‘ng neft narxi ko‘tarilishini bashorat qilmoqda

Tadqiqotchi: Orol dengizini tiklash imkoniyati mavjud

Jarixin: O‘zbekiston G‘arb va Sharq o‘rtasida muvozanat saqlashga urinmoqda

Ted Kruz: Agar Asad ketsa, IShID Suriyani butunlay egallab oladi

AQSh: IShID Suriyadan tashqaridagi neft aktivlarini egallashni rejalashtirmoqda

Turkiya harbiylari IShID hujumiga qarshi javob qaytardi

Qatar TIV Iroqda qatarliklar o‘g‘irlangani haqidagi xabarni tasdiqladi

Rossiya telekanallari Qozog‘istondan chiqib ketishi mumkin

Kreml: Xodorkovskiyning bayonotlarini kuzatmoqdamiz

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi

Suriya va Turkiya o‘rtasidagi vizasiz rejim tugatildi

WSJ: “arab bahori”ning besh yili ozod Yaqin Sharq orzularini chippakka chiqardi

Putinning G‘arb matbuotida eng ko‘p muhokama qilinayotgan besh javobi

Qirg‘iziston bosh vaziri aholini go‘sht o‘rniga loviya yeyishga chaqirdi

AQSh yanvardayoq Erondan bir qator sanksiyalarni bekor qilishi mumkin

Asadning Eronga uchadigan samolyotini Rossiya qiruvchilari kuzatib boradi

Peskov: Kreml “Katta O‘rta Osiyo” atamasidan tashvishda

“Dunyo go‘zali-2015” unvonini ispaniyalik qiz oldi

OAV: Qozog‘iston sinoptiklari millionlab dollar ishlab topmoqda

Putin SSSRning Afg‘oniston kampaniyasi xato deb baholadi

Volgograddagi ko‘p qavatli binoning portlashi oqibatida 36 xonadon vayron bo‘ldi

Rossiya yadroviy qurolini takomillashtiradi

Top