09:17 / 21.12.2015
9978

Jyeb Bush: Putinning AQShga chaqiriq tashlash niyati bor

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, Florida shtatining sobiq gubernatori Jyeb Bush “Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShga dunyo miqyosida chaqiriq tashlashga intilmoqda”, deb hisoblamoqda. U bu haqda CBS News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz dunyoda ta'sirimizni yo‘qotmoqdamiz, Putin esa, aksincha, obro‘-e'tibor qozonmoqda”, deb aytdi Bush.

Bushning aytishicha, Putin o‘z muvaffaqiyatini AQShning mavqeini zaiflashtira olganligida ko‘rmoqda. Bushning fikricha, Putin AQShga ittifoqchi emas. “U diktator”, deb qo‘shimcha qildi Bush.

Bushning ta'kidlashicha, AQShga xoh Yevropa, xoh Yaqin Sharqda bo‘lsin, AQSh manfaatlarini faol himoya qila oladigan prezident kerak. “Faqat shu yo‘l orqali Putin bilan munosabatlarni yaxshilash mumkin”, deb aytdi Bush.

Top