07:16 / 21.12.2015
3744

OAV: "MYu" Mourinoni bosh murabbiylikka olib kelish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Portugaliyaning DN nashrida xabar qilinishicha, Mourinoning o‘zi agenti Jorjye Mendesh bilan suhbatlashgan va "MYu"ni boshqarish istagini bildirgan.
Tomonlar bu borada muzokara boshlashgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, Jorjye Mendesh "MYu" vitse prezidenti Ed Vudvord bilan do‘stona aloqada ekani murabbiyning transferini tezlashtirishda muhim o‘rin tutishi mumkin.

"MYu" so‘nggi turda "Norvich Siti"dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, bosh murabbiy Lui van Gaal iste'foga chiqarilishi oydinlashgan.

Top