23:16 / 21.12.2015
2718

O‘zbekiston-Gruziya tovar aylanmasi ikki yil oldingiga qaraganda uch baravarga o‘sdi

2015 yil yakunlari bo‘yicha Gruziya-O‘zbekiston tovar aylanmasi hajmi 180 mln dollarni tashkil etdi.

“Turkiston-press” MAAning ma'lum qilishicha, bu haqda Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Jgenti gruzin kinosi kunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich ikki yil muqaddam 36 mln dollar, 2014 yilda esa 120 mln dollarni tashkil etgan. 2015 yil yakunida bu ko‘rsatkich yana 60 mln dollarga oshib, yakunda 180 mln dollarni tashkil etadi.

Elchining ta'kidlashicha, bunda Tbilisi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovning mavjudligi muhim rol o‘ynamoqda.

Top