11:14 / 21.12.2015
2793

PSV jamoasining 2 futbolchisi politsiya tomonidan hibsga olindi

PSV jamoasi darvozaboni Yyerun Zut va jamoa hujumchisi Maksim Lestenn o‘tgan tunni politsiya uchastkasida o‘tkazishgan.

De Telegraaf nashri xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi Maksim Lestenn avtoturargohda noma'lum shaxs bilan janjallashib qolgan. Natijada politsiya ularni hibsga olgan. Futbolchining yonida bo‘lgan Zut esa bunga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganida, u ham hibs qilingan.

Bundan tashqari, politsiya bu jarayonga aralashgan yana 2 ayol va bir erkakni ham qamoqqa olib ketgan. Xabar qilinishicha, bu janjal vaqtida jarohat olganlar yo‘q.

PSV bu vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqqan va futbolchilar bilan jiddiy suhbat o‘tkazilishi, lekin ular jamoada qolishi bildirilgan.

O‘tgan mavsumni Italiyaning "Jyenoa" jamoasida o‘tkazgan Maksim Lestenn yozgi transferlar vaqtida "Al-Arabi" jamoasidan ijaraga olingandi. U mavsum kashfiyotiga aylanishi kutilayotgandi va Gollandiya chempionatining 7 turida bitta gol va 5ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u YeChLda "MYu" darvozasiga 2ta gol urdi.
Lekin sentabr oyi oxirida uning onasi vafot etgach, unda ruhiy muammolar bashlandi va mojaro tufayli Belgiya terma jamoasidan chetlatildi. Noyabr oyida esa uning otasi ham vafot etdi.

Top