15:33 / 21.12.2015
12507

Qayta jonlantirilgan GAZ-69ning saloni namoyish etildi

Sovet davrining mashhur yo‘ltanlamaslaridan bo‘lgan GAZ-69 mashinasi qayta ishlab chiqarila boshlashi xabaridan so‘ng, yangilangan markaning saloni birinchi marta namoyish etildi. Salon eskizi dizayner Arseniy Mixeyev tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Mashinaning original modelidan faqat rama va kuzov saqlanib qoladi. Uning oldida ham, orqasida ham boshqariladigan amortizatorlar bo‘ladi.

U 5.7 yoki 6.4 l li V8 HEMI motori bilan ta'minlanadi. Dvigatellar Chrysler 545RFE avtomatik transmissiyasi bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Mashina Sankt-Peterburgda Truck Garage kompaniyasi tomonidan qayta tiklanadi. Bunday mashinalardan jami 12 dona ishlab chiqariladi, har birining narxi 4 mln rublni tashkil qiladi. Birinchi tovar mashinasi 2016 yil aprelida chiqariladi.

Top