16:44 / 21.12.2015
3596

Qirg‘iziston bosh vaziri: valyuta kurslari keskin o‘zgarmaydi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev valyuta kurslari keskin o‘zgarmasligini va'da qildi. Bu haqda u bugun, 21 dekabr kuni byudjyet va moliya bo‘yicha parlament qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Kun tartibida 2016 yilgi davlat byudjyeti loyihasini ko‘rib chiqish hamda 2017-2018 yilgi byudjyetlarni prognoz qilish turgan edi. Byudjyet xarajatlarini belgilashda valyuta kursining muhimligi bois ayrim mutaxassislar kurs o‘zgarishlari byudjyetning ijrosiga jiddiy ta'sir o‘tkazishi mumkinligini taxmin qildi. Shunda hukumat rahbari keskin o‘zgarishlar ortiq kuzatilmasligini komil ishonch bilan aytdi.

Top