22:23 / 21.12.2015
2623

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari barcha sarf-xarajatlari haqida hisobot beradigan bo‘ldi

Qirg‘izistonda davlat va munitsipal xizmatchilarni nafaqat daromadlar haqida, balki barcha sarf-xarajatlar haqida hisobot berishga majburlab qo‘ymoqchilar. Qonunga kiritiladigan tegishli tuzatishlar parlamentga ko‘rib chiqish uchun topshirildi.

Asoslash ma'lumotnomasiga ko‘ra, deklaratsiyada deklarant va uning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilgan barcha sarf-xarajatlar, ularga ishlatilgan mablag‘larning kelib chiqish, jumladan xorijdagi manbalari ko‘rsatiladi. “Ko‘rsatilgan choralar korrupsiyaning oldini olish uchun samarali instrumentlardan biri bo‘ladi”, deb ta'kidlanmoqda davlat kadrlari xizmatida.

Ushbu hujjat Qirg‘iziston Respublikasining “Siyosiy, maxsus davlat va munitsipal siyosiy lavozimlarni egallagan shaxslarning daromadlari, xarajatlari, majburiyatlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish haqidagi” qonunni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Top