07:00 / 21.12.2015
23277

Ramzon Qodirov yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Qodirov o‘z mashinasida olgan videoni Instagram’dagi sahifasida joylashtirgandan keyin ayon bo‘ldi. Videoda tasvirlanishicha, Qodirov va uning oilasi avtomobilda xavfsizlik kamarlarini taqmagan holda ketayotgan bo‘lgan.

“Olamda ideal odamlar bo‘lmaydi. Afsuski, menda ham xatolar bo‘ladi. Kimdir videoda mening kamarim taqilmaganini payqab qolibdi. Bundan Checheniston yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi boshqarmasi rahbari xabar topgan. Polkovnik bunga tezda javob berdi. Bayonnoma tuzib, jarima yozib berishdi”, deb yozdi Qodirov video ostiga o‘z obunachilarining tanbehiga javoban.  

Ramzon Qodirov jarimani 21 dekabrda to‘lashga va'da berdi. U, shuningdek, kichik yoshdagi bolalarni avtomobilda olib yurishda maxsus o‘rindiqlar bo‘lishi zarurligi haqidagi qoidani bilishini aytib o‘tdi.

“Bu vaziyatda biz videoni olish uchun xavfsizlik kamarini vaqtinchalik yechgandik”, deb tushuntirmoqda Qodirov.

Top