13:09 / 21.12.2015
7822

"River Pleyt" muxlislari Tokio aeroportida Lionel Messiga tupurishdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qozonilgan g‘alabadan keyin Tokio aeroportida tahdidga uchragan.

Aeroportdagi pasport tekshiruvi paytida «River Pleyt» muxlislari, kataloniyaliklarga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin (0:3) «Barselona» futbolchilarini haqorat qilishgan va Lionel Messiga qarata tupurishgan, deya xabar bermoqda Marca nashri.

Gazeta bergan ma'lumotga ko‘ra, tortishuvni «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike va bir qator futbolchilar, jumladan argentinalik Xaver Maskerano aralashuvi tufayli to‘xtatishgan.

Top