15:21 / 21.12.2015
5361

Terri: "Chelsi" futbolchilari o‘zlari emas, Mourino ketkazilganidan xursand bo‘lishsin

"Chelsi" jamoasi sardori Jon Terri jamoaning omadsizligida futbolchilarning aybi bosh murabbiy Joze Mourinoniki bilan bir darajada bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

"Agar futbolchilarni qoniqarsiz natija uchun haydash kerak bo‘lganda shunday ham bo‘lardi. Lekin, hamma ayb murabbiylarda bo‘lavermaydi. Afsuski, bu borda hech narsa qila olmaymiz.
Jamoa rahbariyati bir qancha futbolchilardan voz kechish o‘rniga Mourinoni ishdan bo‘shatgani uchun bu futbolchilar xursand bo‘lishlari kerak. Afsuski, barcha aybni murabbiyimiz o‘z zimmasiga oldi va ketdi. Biz bunday bo‘lganidan juda chuqur qayg‘udamiz", - deydi Terri.

"Hozirda biz oldindagi o‘yinlar haqida qayg‘urishimiz va turdan-turga natijalarni yaxshilashda davom etishimiz kerak. Biz vaziyatni tuzata olamiz deb o‘ylayman. "Lester" jamoasidan o‘rnak olishimiz kerak. Ular bunday darajada yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata olishlari hechkimning xayoliga ham kelmagandi. Hozirda bizdan ham mo‘jiza kutishmayapti, demak biz ham hech kim kutmagan o‘yinni ko‘rsata olishimiz mumkin", deydi jamoa sardori.

Qayd etish kerakki, klub muxlislari Sesk Fabregas, Diyego Kosta va Eden Azarni Mourinoning ishdan bo‘shatilishidagi asosiy aybdorlar sifatida baholab, ularga hushtakbozlik qilishmoqda.

Top