23:07 / 21.12.2015
4996

The Sun: Mourino "MYu"ni boshqarishga tayyorligini bildirdi

Joze Mourino “Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, Manchester shahri vakillari portugaliyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqishgan.

Murabbiyning agenti Jorjye Mendesh “qizil iblislar” ijrochi direktori Ed Vudvord bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgani bois, Mourino jamoani boshqarish ehtimoli yuqoriligi aytilmoqda.

Mourinoning o‘zi “Manchester Yunayted”da ishlashga qiziqmoqda.

Ayni vaqtda, "MYu" ko‘rsatayotgan natijalar rahbariyatni qoniqtirmayapti. Jamoa bosh murabbiy Lui van Gaalga "Norvich"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ultimatum qo‘ygan. Endilikda, "qizil iblislar" keyingi 2 turda APLning navbatdagi uchrashuvlaridan birida "Stok Siti" yoki "Chelsi" jamoalaridan biriga yutqazsa, murabbiy ishdan ketadi.

Joze Mourino ham "Chelsi" bilan mavsumning birinchi yarmini juda omadsiz o‘tkazganidan keyin (16 turdan keyin 16 o‘rin) jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatilgandi.

OAV: "MYu" Mourinoni bosh murabbiylikka olib kelish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

«Manchester Yunayted» van Gaalga ultimatum qo‘ydi

Top