08:53 / 21.12.2015
4594

Yatsenyuk Ukraina Rossiya tomonidan kiritilgan sanksiyalarga munosib javob qaytarishini aytdi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Ukraina Rossiya tomonidan kiritilgan savdo sanksiyalariga munosib javob qaytarishini aytdi, deb xabar bermoqda “Ukrinform” axborot agentligi. Yatsenyuk bu haqda Ukrainaning “5 kanal” efirida aytdi.

“Keyingi yildan Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo hududi amal qilishni boshlaydi. Biz dunyodagi eng katta bu bozorning bir qismiga aylanmoqdamiz. Kutilganidek, biz Yevropani tanlaganimiz uchun, Rossiya Ukraina mahsulotlariga savdo sanksiyalari qiritmoqda. Biroq biz buni ham eplay olamiz va Kremlga munosib javob qaytaramiz”, deb aytdi Yatsenyuk.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Davlat dumasiga Ukraina bilan erkin savdo hududi haqidagi kelishuvning to‘xtatilishi haqidagi qonun loyihasini kiritgani ma'lum qilingandi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bu qaror mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun kiritilgan.

Top