11:23 / 21.12.2015
2193

Yurgen Klopp: «Liverpul» «Uotford»ga qarshi o‘yinda birinchi goldan keyin taslim bo‘ldi

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgenn Klopp APLning 17-turidan o‘rin olgan «Uotford»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin (0:3) o‘yin haqida fikr bildira turib shogirdlarining harakatidan norozi ekanini aytib o‘tdi.

Nemis mutaxassisining fikricha dastlabki gol o‘tkazib yuborilganidan keyin uning shogirdlari o‘ynashni to‘xtatib qo‘ygan.

«O‘yinni juda yomon boshladik. Birinchi golni o‘tkazib yuborgach, futbol o‘ynashni to‘xtatib qo‘ydik. Raqib ikkinchi golni juda osonlik bilan urdi. Biz yaxshiroq himoyalanishimiz mumkin edi. Tanaffusdan keyin biroz o‘yin uslubimizni o‘zgartirdik. Ikkinchi bo‘limni juda muvaffaqiyatli boshladik. Hattoki ikki marta gol urishimiz ham mumkin edi. Ammo buni eplay olmadik va uchinchi golni ham o‘tkazib yubordik», – deydi Klopp.

Top