16:54 / 22.12.2015
2989

“Kogalimavia” A321 halokati uchun 1.6 mlrd rubl sug‘urta oldi

Rossiyaning “Kogalimavia” kompaniyasi hisobiga Misrda halokatga uchragan A321 samolyotining sug‘urtasi sifatida 1.6 mlrd rubl yoki 23 mln dollar o‘tkazildi. To‘lovni “Ingosstrax” firmasi amalga oshirildi. Bu haqda sug‘urta kompaniyasining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Aytilishicha, ushbu summa havo kemasining butunlay nobud bo‘lishi taqdirida ko‘zda tutilgan to‘lov hajmidir.
“Ingosstarx” voqeani sug‘urtaga aloqador deb topdi va shartnoma shartlariga muvofiq sug‘urta badalini to‘lab berdi”, - ta'kidlanadi xabarnomada.

Top