13:20 / 22.12.2015
2926

“O‘zpaxtasanoateksport” Hindistonda taqdim etildi

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Hindistondagi xalqaro paxta konferensiyasi doirasida taqdimot o‘tkazdi. Mumbay shahrida o‘tgan Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mitaning 74-plenar yig‘ilishida ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari ushbu tadbirni amalga oshirishdi.

Yig‘ilish chog‘ida “O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisi Akmal Kamolov ishtirokchilarga O‘zbekistonning rivojlanishi hamda paxta sanoatining taraqqiyoti, sohada kuzatilayotgan o‘zgarishlar borasida boxabar qildi.
Taqdimotda asosiy e'tibor O‘zbekistonda birlashtirilgan, korporativ boshqaruv metodlariga asoslangan “O‘zpaxtasanoateksport”ning tashkil etilishiga hamda unda paxta xom ashyosini qabul qilish, qayta ishlash, undan mahsulot tayyorlash, paxta bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirishga qaratildi.

“Jahon” axborot agentligining ma'lum qilishicha, taqdimot ishtirokchilarda katta tassurot qoldirgan. Ulardan bir qanchasi agentlik bilan suhbat qurib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.

“O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ilmiy ishlanmalar juda dolzarb va zamonaviydir, - deydi Hindiston qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari instituti direktori professor K. Bansal. – Respublika dunyodagi eng yirik paxta germoplazmasi kolleksiyasi sohibidir. Biz mamlakatingizning boshqa davlatlar bilan teng huquqlar asosida resurs almashish borasidagi boshlanmalarini qo‘llab-quvvatlaymiz”.

Top