14:26 / 22.12.2015
2963

AQSh fuqarosi o‘z ism-sharifini Dart Veyderga o‘zgartirdi

Nyu-York shtati fuqarosi Erik Uelsh o‘z ism-sharifini “Yulduzlar jangi” filmi qahramonlaridan birining nomi – Dart Veyderga o‘zgartirdi, deya xabar bermoqda Democrat and Chronicle gazetasi.

Transport vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha shtat departamenti vakili Dart Veyder — Uelshning rasmiy nomi ekanini tasdiqladi.

43 yoshli erkakning aytishicha, u asrab olingan bola sifatida ulg‘aygan. Shuning uchun ismining oilaviy aloqalarga bog‘liqlik jihati yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yulduzlar jangi” qahramoni hisoblangan Dart Veyder yetakchilik qobiliyati, o‘ziga xos xulq-atvorga ega. Nashrning qayd etishicha, 2002 yilda unga nisbatan leykemiya tashxisi qo‘yilgan.

Top