14:05 / 22.12.2015
6498

Farhod Magometov: Butun dunyoda televideniye translyatsiya uchun pul to‘laydi, bizda esa teskarisi

PFL direktori Farhod Magometov yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Oliy liga translyatsiyalari borasida keskin fikr bildirib o‘tdi.

"Bizning asosiy yo‘nalishimiz marketingga qaratilgan va imkon qadar PFLga homiy topishga harakat qilmoqdamiz. Ammo futbolning asosiy daromadi translyatsiyalardan bo‘lishi kerak. Bizda esa bunga imkon yo‘q. Mana jurnalistlar internet orqali butun dunyoga tegishli ma'lumotlarga ega bo‘la oladilar. Aytishsin, yana qayerda televideniye futbol o‘yinlarini ko‘rsatgani uchun klublardan pul oladi? Bunaqasi faqat bizda bor.

Aslida futbol klublari daromadining 60 foizi televideniyedan bo‘lishi lozim. Bizda esa teskarisi. Klublarga shuni aytib qo‘ymoqchiman, translyatsiya borasidagi barcha huquq federatsiyaga tegishli", - deya Magometovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi uff.uz sayti.

Top