18:08 / 22.12.2015
2748

Felipe Meloni Bigliyaning bo‘yniga tepgani uchun jazolashdi

Italiyaning «Inter» klubi yarim himoyachisi Felipe Melo uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Bunday jazoga futbolchi Italiya A seriyasining 17-turidan o‘rin olgan «Latsio»ga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisi Lukas Bigliyaning bo‘yniga oyog‘i bilan zarba bergani uchun tortilgan.

Shuningdek «Roma» hujumchisi Edin Jyeko «Jyenoa»ga qarshi uchrashuvda (2:0) olgan qizil kartochkasi tufayli Italiya chempionatining ikkita uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Top