15:31 / 22.12.2015
7230

Japan News: Rossiya va Turkiya global postmodern urushining bir qismiga aylandi

Jahon hamjamiyati Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an orasida vujudga kelgan jarlik qay darajada tubsizligini tushunib yetmayapti, deb yozadi The Japan News nashri. Maqola muallifining fikricha, ixtilof yaqin orada hal bo‘lmaydi.

Aytilishicha, Putin ulkan mamlakat hukmdori sifatida o‘zi haqida yuksak fikrga ega, Erdo‘g‘an esa Suriya Usmonlilar davlati tarkibiga kirganini unutishni istamaydi. Aynan shu holat Moskva va Anqara o‘rtasida sovuq urushni keltirib chiqarmoqda. Bu, o‘z navbatida, Eron va Rossiya munosabatlarining mustahkamlanishiga zamin yaratmoqda.

Agar gap faqat ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida bo‘lsa, masala tez hal bo‘lishi mumkin edi. Lekin o‘rtada Suriya turibdi, bu esa Rossiya va Turkiyani global postmodernistik urushning tarkibiy bo‘laklariga aylantiradi, deb hisoblaydi tahlilchi. Vaziyatni IShIDning borligi yanada keskinlashtiradi.

Top