08:21 / 22.12.2015
2563

Kobuldagi diplomatik kvartalda raketa zarbalari tufayli 3 marta portlash sodir bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi diplomatik markazda uch marta portlash sodir bo‘ldi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, raketa zarbalari natijasida portlashlar yuz bergan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, portlashlarning biri AQSh elchixonasi yaqinida, ikkinchisi Shirpur tumanidagi Ispaniya elchixonasida, uchinchisi esa shahar markazida sodir bo‘lgan.

Jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni Afg‘onistonning Bagrom shahri yaqinidagi NATO qarorgohi hududida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi tufayli 6 kishi halok bo‘ldi.

Afg‘oniston hukumati mamlakatdagi teraktda 6 nafar NATO harbiysi vafot etganini tasdiqlagan.

2 hafta oldin Kobuldagi terakt tufayli Ispaniya elchixonasining 7 nafar xodimi nobud bo‘lgandi.

Top