14:15 / 22.12.2015
18348

O‘zbek-qozoq davlat chegarasi belgilandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini belgilash jarayoni 2004 yilning bahorida boshlangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumati delegatsiyalari 21-25 dekabr kunlari Toshkentda o‘zaro chegarani belgilash jarayoni yakuni bo‘yicha majlis o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati asosida xabar qilingandi.

Sputnik nashrining O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib ma'lum qilishicha, chegarani belgilash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma komissiyasi muzokaralari joriy yil avgustida o‘tkazilgan. Tomonlar o‘zbek-qozoq davlat chegarasini belgilashga doir yakuniy hujjatlarni tayyorlash ishlarini davom ettirishgani aytilmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi umumiy uzunligi 2000 kilometrdan ziyod bo‘lgan chegara qismi 2002 yilning sentabrida belgilab bo‘lingan.

Top