23:12 / 22.12.2015
2361

Qirg‘iziston prezidenti va “Gazprom” rahbari respublika hududlariga gaz yetkazib berishni muhokama etishdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va “Gazprom” OAJ boshqaruvi rahbari Aleksey Miller kompaniyaning respublika hududlariga gaz yetkazib berishi borasidagi ishlarni muhokama etishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, uchrashuv doirasida Qirg‘izistonning gaz taqsimlash tizimida, gaz ta'minoti obektlarini rekonstruksiya qilish, mamlakatning istiqboldagi energosektorlariga investitsiya kiritishda kompaniyaning roli muhokama etilgan.

Shu bilan Almazbek Atambayevning Rossiyaga ishchi tashrifi nihoyasiga yetgan. Bugun prezident Bishkekka qaytib keladi.

Top