14:13 / 22.12.2015
7439

Qozog‘iston tengesi uzoq pastlashuvdan so‘ng birinchi marta o‘z kursini mustahkamladi

Qozog‘iston fond birjasida tengening dollarga nisbatan kursi 336,8ga qadar pastladi. Bu o‘tgan dushanba (14 dekabr) kungi ko‘rsatkichga qaraganda 12,46 tenge yoki 3,6 foizga kam demakdir.

Birja ma'lumotlariga ko‘ra, seshanba, 22 dekabr kuni Amerika valyutasi savdosi hajmi 21 dekabr ko‘rsatkichiga qaraganda 33,2 million dollardan 146,75 million dollarga qadar ortgan.

Avvalroq Qozog‘iston Milliy banki tenge kursining neftga nisbatan kursi barqarorlashayotganini ma'lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 20 avgust kuni Qozog‘iston erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimiga o‘tgan edi. Shundan so‘ng mamlakat rasmiy pul birligi 1993 yilgi tarixiy minimumga tushib ketdi.

Top