09:10 / 22.12.2015
8854

Tonggi dayjest: Putinning Nazarboyevga taklifi, AQShning yangi sinovi, “E'tirof-2015” g‘oliblari va boshqa so‘nggi xabarlar

Kun.uz sayti odati bo‘yicha so‘nggi soatlarda dunyoda va yurtimizda sodir bo‘lgan asosiy voqealarni eslatib o‘tadi.

Putin: Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvlar ikki davlat iqtisodiyotlariga zarbadan qutulib qolishga imkon berdi

“Ishonchim komilki, agar bizda biz avval kelishib olgan va bugun ishlayotganlarimizning barchasi bo‘lmaganda, unda bizning iqtisodiyotlarga zarba bugundagidan ancha kuchliroq bo‘lardi”, deb aytdi Putin.

“E'tirof-2015” milliy mukofoti sovrindorlari nomi ma'lum bo‘ldi

21 dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san'at saroyida “E'tirof-2015” milliy mukofoti sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 23ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar nomi e'lon qilindi.

«O‘zavtosanoat» AK mahsulotlari Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi davlatlariga eksport qilinadi

9—11 dekabr kunlari Italiya-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Luiji Iperti va Turin shahri Savdo-sanoat palatasi tashqi iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Kristian Avantsi rahbarligidagi Italiya biznes-missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.


Isroil va AQSh raketaga qarshi hujum tizimini sinovdan o‘tkazishni yakunladi

“Yakuniy sarhad” deb nomlangan sinov AQShning raketaga qarshi mudofaa agentligi bilan birga o‘tkazildi. Sinov davomida tizim barcha nishonlarni aniqladi va bartaraf etdi.

Obama: Tramp tashvishlanayotgan amerikaliklardan “foydalanmoqda”

Obamaning fikricha, iqtisodiy va demografik o‘zgarishlar AQSh aholisining ba'zi guruhlari o‘rtasida qo‘rquv va mavhumlikni keltirib chiqardi.

Top