17:11 / 22.12.2015
7035

To‘qqiz oyda 2,19 mingdan ziyod o‘zbekistonlik ishlash uchun Koreya Respublikasiga ketdi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida 2194 nafar O‘zbekiston fuqarosini Koreya Respublikasiga ishlash uchun yubordi.

Ular Koreya Respublikasiga Janubiy Koreya Bandlik va mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirliklari o‘rtasida 2012 yilning 13 dekabr kuni bandlikka ruxsat berish tizimi orqali ishchilarni Koreya Respublikasiga yuborish bo‘yicha imzolangan O‘zaro tushunish haqidagi memorandum doirasida yo‘naltirildi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhoafaza qilish vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning 406 nafar fuqarosi mehnat qilish maqsadida Koreya Respublikasiga qaytadan borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Top