18:41 / 22.12.2015
5610

Turkmaniston prezidenti Yangi yil arafasida hamma yoqni archalarga burkashni buyurdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Yangi yil arafasida butun mamlakat bo‘ylab hamma yoqqa ko‘plab archalar o‘rnatishni topshirdi. Bu haqda “Turkmaniston: oltin asr” nashri yozmoqda.

21 dekabr kuni o‘tgan viloyatlar va poytaxt hokimlari bilan uchrashuv chog‘ida u bayram oldidan sotiladigan sovg‘a-salomlar xilma-xilligini ta'minlash haqida ko‘rsatmalar berdi.

Bundan tashqari, davlat rahbari viloyat hokimlarining qish mavsumiga tayyorgarlik hamda isitish tizimlarining ishlashi borasidagi hisobotlari bilan tanishib chiqdi. Yangi yil kunlari yo‘lovchi transportining va kommunal xizmatlarning uzluksiz ishlashiga alohida e'tibor qaratildi.

Respublikada 1 yanvar dam olish kuni hisoblanadi. Yangi yil kuni davlat rahbarining fuqarolarga murojaat o‘qib eshittiriladi. Ashxobodda bosh archa o‘rnatiladi, TV orqali bayramona konsert dasturlari translyatsiya qilinadi.

Top