16:09 / 23.12.2015
4391

“Qaroqchi mushuk” Instagram yulduziga aylandi

Uesli laqabli “qaroqchi mushuk” Instagram ijtimoiy tarmog‘i yulduziga aylandi. Daily Mail nashrining yozishicha, bir ko‘zli Uesli boshpanasiz jonivorlar uyida bir necha oy bo‘lgan, so‘ng uni Ayova shtatida yashovchi ayol boqib olgan.

Rienn Charis Teylor iPhone Life Magazine’da muharrir yordamchisi bo‘lib ishlaydi. Teylor o‘zining uy jonivori uchun ijtimoiy tarmoqda sahifa ochib, har kuni mushukning nomidan to‘ldirib boradi. Ayolning tan olishicha, unga mushukning o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi yoqadi va u mushugining bu xislatini barchaga namoyon etishga intilmoqda.

“Ueslining akkaunti 15 hafta ichida to‘plagan obunachilari sonidan hayratda qoldim, mening obunachilarim soni unga nisbatan kam”, - ma'lum qildi Teylor xonim.

Top