10:20 / 23.12.2015
8942

Anonymous xakerlar guruhi Turkiya hukumatiga kiber-urush e'lon qildi

Anonymous guruhi xakerlari Turkiya hukumatiga qarshi keng ko‘lamli kiber urush e'lon qildi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bergan.

“Turkiya IShIDdan neft sotib olmoqda va jangarilarni o‘z hududida davolamoqda. Biz Erdo‘g‘onning bundan keyin ham IShIDga yordam berishiga jim qarab turmaymiz”, — deyilgan tashkilotning Youtube portalida joylashtirilgan videolavhasida.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning IShID neft biznesiga aloqadorligi haqida video dalillar keltirgan edi. AQSh davlat departamenti bunga javoban, xususan Erdo‘g‘an aloqadorligiga dalillar ko‘rmagan bo‘lsada, lekin IShIDga tegishli bo‘lgan neft Turkiya chegarasini kesib o‘tayotganini tan oldi.

O‘tgan haftada butun Turkiya bo‘ylab 40 mingga yaqin internet sahifalarga noma'lum guruh tomonidan kiber hujum uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Anonymous vakilining so‘zlariga qaraganda, agar Turkiya IShIDga yordam berishni bas qilmasa, guruh kiber-jangchilari Turkiya banklari va hukumat saytlariga hujum qiladi, undan keyin esa aeroport va harbiy obektlar saytlari nishonga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Anonymous xakerlar guruhi 2003 yilda tashkil qilingan. Guruh nomi 2010 yilda, eng yirik PayPal, Visa va MasterSard to‘lov tizimlari serverlariga uyushtirilgan kiber-hujumdan keyin dunyoga mashhur bo‘ldi. Ushbu hujumni ular WikiLeaks sayti faoliyatiga qarshi harakat qilgan tashkilotlarga qarshi uyushtirishdi. Anonymous guruhi, doimiy ravishda, turli xukumat va tashkilotlar saytlariga hujumlar uyushtirib turadi.

Anonymous xakerlari Silikon vodiysidagi kompaniyani IShIDga yordam berishda aybladi

Anonymous xakerlari IShIDdan Parij uchun o‘ch olishga va'da berdi

Top