FIFA prezidenti Yozef Blatter futboldan ketadi. Bu haqda uning o‘zi 23 dekabr kuni The Wall Street Journal nashri orqali ma'lum qilgan.
"Men futboldagi faoliyatimni yakunlayman. Men 27 may kuniyoq tashkilotga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotgandim. O‘sha kunidan boshlab amerikaliklar tashkilot ishiga aralasha boshlagandi. Ular FIFAga mafiya tashkiloti sifatida qaray boshlashdi.
Men va Platinining 8 yilga chetlatilishi butunlay asossiz qaror. Shveytsariya qonunchiligiga ko‘ra, qotillik amalga oshirgan yoki bankni o‘marganlarga nisbatan shunday darajada qattiq jazo beriladi.
40 yildan ortiq vaqt davomida shu sohada ishladim. Endi mening futboldagi qiladigan ishlarim qolmadi", deydi 79 yoshli futbol funktsioneri.
Eslatib o‘tamiz, Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi. Bundan tashqari, Blatter 50 ming, Platini esa 80 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortilgan.
FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun saylov 2016 yilning 26 fevral kunida bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, Blatter birinchi marta 1998 yilda FIFA prezidenti bo‘lgandi. Shundan so‘ng 2002, 2007, 2011 va 2015 yillarda ham qayta saylangandi.
Blatter 2018 yilgi JCh uchun biletlar sotilishida poraxo‘rlikka qo‘l urgani gumon qilinmoqda
FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Blatter FIFA prezidentligidan 90 kunga chetlashtirildi
Blatter: Meni hech qanday asossiz ayblashdi
Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi
Yozef Blatter CASga appelyatsiya beradi
Blatter: Oktyabrda o‘lishimga bir bahya qolgandi
Putin: Blatterga Nobel mukofotini berish kerak