18:22 / 23.12.2015
4431

Bosh sovrini iPhone 6 bo‘lgan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasi start oldi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Yuridik klinikasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yigirma yilligi munosabati bilan «Mehnat kodeksini bilasizmi?» onlayn viktorinasini e'lon qildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, viktorina fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida milliy va xalqaro mehnat standartlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Viktorina Mehnat kodeksi qabul qilinganligiga yigirma yil to‘lgan sana – 2015 yil 21 dekabr kunidan boshlanib, Mehnat kodeksi kuchga kirganligiga yigirma yil to‘lgan sana – 2016 yil 1 aprel kuniga qadar jami 10 bosqichda o‘tkaziladi. Unda yoshi, ma'lumoti, o‘qish yoki ish joyidan qat'i nazar barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Viktorina www.viktorina.yk.uz saytida bo‘lib o‘tadi. Viktorinaning bosh sovrini – Apple iPhone 6 smartfoni. Shuningdek, sovrin sifatida noutbuk, planshet va yana boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham qo‘yilgani ma'lum qilindi.

Top