16:17 / 23.12.2015
14069

Forbes: “Tramp effekti” Rossiyani ham girdobiga tortib ketishi mumkin

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning yuqori reytinglarga ega bo‘layotgani shuni ko‘rsatadiki, odamlarning professional siyosatchilardan ko‘ngli qolib bormoqda, negaki ular mamlakatni qarzga botirdi, OAVni davlatga bo‘ysundirdi, muhojirlar muammosini keltirib chiqardi, shu tufayli amerikaliklar bunday hokimiyatdan xalos bo‘lmoqchi.

Forbes nashrining yozishicha, Vladimir Putinning reytinglari yuqoriligiga qaramay, yaqinda Rossiyaning ham o‘z Tramplari paydo bo‘lishi mumkin.
Aytilishicha, bunday tahdid aynan Putinni qo‘llab-quvvatlayotgan 85 foiz aholidan kelib chiqmoqda.

Ular iqtisodiy barqarorlik va turmush tarzining o‘sishi evaziga korrupsiyaga, davlat korxonalari rahbarlarining xatolariga e'tibor qaratmaslikka tayyor. Agar Kreml bu o‘zgarishlarni ta'minlab bersa, rossiyaliklarning 85 foizi 2018 yilda ham Putinga ovoz berishadi.

Shunga qaramay, ayni kunlarda Putin rejimi “chok-chokidan so‘kilmoqda”, Rossiyadagi inqiroz poyoniga yetmoqda, deb hisoblashga ham asos yo‘q. Rossiyaliklarning maoshlari va turmush darajasi yiliga 10 foizga tushmoqda, inflyatsiya darajasi esa 20 foizga yetdi. Bundan tashqari, TVga bo‘lgan ishonch 80 foizdan 40 foizga tushib ketdi.
Agar yaqin orada Kreml o‘z va'dalarini bajara olmasa, rossiyaliklar bugungi hukumatdan voz kechadi va o‘z Trampini topadi.

Top