11:18 / 23.12.2015
1938

Gonkong politsiyasi 5 nafar yigitga suiqasd uyushtirilishi bo‘yicha ayblov e'lon qildi

Gonkong politsiyasi 18-24 yoshlar oralig‘idagi 5 nafar yigitga hukumat binosi oldida kichik portlash sodir etilgani bo‘yicha ayblov e'lon qildi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, 9 dekabr kuni hukumat binosi oldidagi chiqindi idishida portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, bu hodisa binoda yangi qonun loyihasi muhokamasidan biroz o‘tib ro‘y bergandi. Bu loyihaga qarshi bo‘lganlar uning fikr erkinligini cheklashidan xavfsirashgan.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, gumon qilinib qo‘lga olinganlardan 2 nafari Gongkong ozodligi uchun kurashuvchi Valiant Frontier guruhi a'zosi hisoblanadi.

Top