13:43 / 23.12.2015
5078

Guardian: Saudiya IShIDga qarshi kurash bo‘yicha eng yaxshi ittifoqchiga aylanishi mumkin

G‘arb siyosatchilarini Saudiya Arabistonini IShIDni qo‘llashda va hatto yaratishda ayblayvermasdan, u terrorga qarshi kurash bo‘yicha eng yaxshi ittifoqchi ekanligini tushunmog‘i lozim, deb yozadi The Guardian nashri.

Maqola muallifining fikriga ko‘ra, Saudiya bir qator iqtisodiy va mafkuraviy sabablarga ko‘ra IShIDni yo‘q qilishdan manfaatdordir.

Ko‘plab tahlilchilar saudiyaliklar IShID bilan bir xil e'tiqodda - salafiylikda, deb yanglishadi. Aslida IShID jangarilari xorijiylar (xavorijlar) hisoblanadi. Ularning mafkurasi o‘z ichiga g‘ayridinlarni o‘ldirish, raqiblarini qiynoqqa solish singari qarashlari ichiga oladi. Saudiyaliklarga esa bunday qarashlar yot. Shu tariqa, Riyodning IShIDga qarshi kurashi ko‘p jihatdan diniy asosga ham egadir, deb xulosa qiladi jurnalist.

Bundan tashqari, jangarilar xalifalik yaratish iddaolari bilan yuribdi, islom dunyosining markazi bo‘lgan Saudiya esa bunda uning asosiy nishoni va dushmaniga aylanadi. Shu tariqa, muallifning fikricha, IShIDni yengishning eng samarador va balki yagona yo‘li Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilishdir.

Top