22:55 / 23.12.2015
2447

Mourinoning agenti "MYu" bilan kelishuv haqidagi xabarlarni inkor qildi

"Chelsi"ning sobiq murabbiyi, ayni vaqtda ishsiz hisoblanadigan Joze Mourinoning agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozi va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasida og‘zaki kelishuv amalga oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

"MYu" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Lui van Gaalga ultimatum qo‘yib, agar keyingi 2 uchrashuvda 3tadan ortiq ochko yo‘qotilsa u bilan shartnoma bekor qilinishi haqida ogohlantirgach, ingliz nashrlarida van Gaalning o‘rnini Mourino egallashi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

"Hech qanday kelishuv mavjud emas. Kelajakda nimalar ro‘y berishini aytib bo‘lmaydi. Lekin hozircha aytishim mumkinki, tomonlar bu borada muzokara o‘tkazmagan. Jamoa rasmiy taklif bilan chiqmadi", deya agentning so‘zlarini keltiradi Globo Esporte nashri.

Top