10:35 / 23.12.2015
2584

Pedro "Chelsi"ni tark etish haqida o‘ylamayapti

"Chelsi" jamoasining qanot hujumchisi Pedro Rodriges Ispaniya chempionatiga qaytishi haqidagi xabarlarni rad etdi. 28 yoshli bu futbolchi o‘zini Londonda baxtli his qilayotganini bildirgan.

"Men "Chelsi"da o‘zimni baxtiyor sezmoqdaman. Mening jamoadan ketmoqchiligim haqidagi xabarlar yolg‘on. Muxlislar va jamoa ham o‘yinimdan norozi deb o‘ylamayman. Albatta, biz hozirda turnir jadvalida yaxshi o‘rinlarni egallab turganimiz yo‘q. Lekin butun jamoa bir bo‘lib yuqorilashga harakat qilamiz.

Xiddink juda tajribali mutaxassis. Jamoa ham unga ishonadi. U "Sanderlend" bilan o‘yindan oldin men bilan biroz ispan tilida ham gaplashdi va bu orqali menda ajoyib taassurot qoldirdi. Uning bu harakati va e'tibori men uchun juda muhim. U menga "Chelsi"da biz bilan birga ekanligidan xursandligini aytdi", deydi futbolchi Evening Standard nashriga.

Top