16:03 / 23.12.2015
2776

Peskov: Xodorkovskiyga qo‘yilgan yangi ayblov prezidentning avf etish qaroriga zid kelmaydi

Rossiyalik muxolif siyosatchi, YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyga qo‘yilgan yangi ayblov mamlakat prezidentining muqaddam e'lon qilingan avf etish qaroriga zid kelmaydi. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi.

“Avf etish to‘g‘risidagi qarorni mahkumning murojaati asosida davlat rahbari qabul qiladi, lekin tergov harakatlari yoxud xalqaro qidiruvga berish haqidagi qarorni davlat rahbari qabul qilmaydi, bu qarorni tergov organlari qabul qiladi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Ilgari xabar qilinganidek, Xodorkovskiy Nefteyugansk hokimini o‘ldirishda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi. Bu Xodorkovskiyga qo‘yilayotgan uchinchi ayblovdir.

Top