23:39 / 23.12.2015
6786

Putin va Medvedevning ustozi, huquq bo‘yicha taniqli mutaxassis Valeriy Musin vafot etdi

Sankt-Peterburg davlat universiteti professori Valeriy Musin 22 dekabrda 76 yoshida vafot etdi.

Musin Rossiya va xorijda fuqarolik, dengiz va xalqaro-xususiy huquq, fuqarolik jarayoni, tashqi savdoning huquqiy muammolari sohasida taniqli mutaxassis hisoblangan.

2009 yildan “Gazprom”ning direktorlar kengashiga mustaqil direktor sifatida kirgan, 2004 yilda Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir-a'zosi etib saylangan, Yevropa inson huquqlari sudining hakami bo‘lgan.

Musin 1939 yilda Leningradda tug‘ilgan. 1967 yildan Leningrad davlat universitetida fuqarolik huquqi kafedrasida ta'lim bergan. 1970-80-yillarda Rossiyaning bo‘lg‘usi bosh vaziri Dmitriy Medvedev va prezidenti Vladimir Putin Musinning qo‘lida tahsil olgan.

“Leningrad davlat universitetida men dissertatsiyamni yozishni boshlaganman. O‘zimga ilmiy rahbar qilib, xalqaro huquq sohasidagi eng yaxshi mutaxassislardan biri Valeriy Abramovich Musinni tanlaganman”, deb Putinning Musin haqida “Ot pervogo litsa. Razgovory s Vladimirom Putinym” kitobida aytgan so‘zlari bor.

Top