10:26 / 23.12.2015
23996

"Rayhon" "Jar"da

Yaqinda faoliyat boshlagan va qisqa fursatlar ichida minglab xo‘randalar ishonchiga sazovor bo‘lgan “Rayhon” milliy taomlar kafesi yangi yil bayramiga o‘ziga xos sovg‘a tayyorladi. Kundan-kunga taomlar menyusi kengayib borayotgan kafe Toshkent shahrida yana bir filialini ochdi.

"Siz endi Toshkent shahar Laylitugon ko‘chasida joylashgan "Rayhon” kafesiga do‘stlar yoki oilangiz bilan tashrif buyurib, mazali va lazzatli taomlardan bahramand bo‘lishingiz, turli aksiyalarda ishtirok etishingiz mumkin. Qo‘li shirin oshpazlarning sarhil taomlari sizga maqbul bo‘lishiga ishonamiz", deydi kafe vakili.

“Rayhon” kafesi ma'muriyati barcha yurtdoshlarni yangi yil bayrami bilan muborakbod etadi.

Rayhon milliy taomlar filiali. Mo‘ljal: Jar stadioni kassasi ro‘parasida.

Top