00:59 / 23.12.2015
6719

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Patrushev: NATOning harbiy faoliyati Rossiyaga xavf soladi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida NATO harbiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar Rossiya xavfsizligiga borgan sari kattaroq xavf solishini aytdi.

“NATO harbiy faoliyati bilan bog‘liq tahdidlar borgan sari kattaroq xavf soladi. Hujumkor salohiyatni oshirish va modernizatsiyalash, yangi qurol turlarini yoyish, raketaga qarshi mudofaaning global tizimini yaratishga intilish, jumladan Rossiya atrofida, global xavfsizlik strukturasini yo‘qqa chiqaradi. Ba'zi g‘arb davlatlari yetakchilarining NATO – bu dunyoda xavfsizlikni ta'minlash uchun yaratilgan mudofaa ittifoqi degan so‘zlari faqatgina alyansning tajovuzkor mohiyatini berkitadi”, deb aytdi Patrushev.

Avvalroq Patrushev axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirishni taklif qildi, chunki hokimiyat organlarining axborot tizimlarida xorijiy texnik razvedkalarning dasturiy vositalari aniqlangan.

Top