23:01 / 23.12.2015
19250

Rossiya Mudofaa vazirligi: turk hukumati Su-24 samolyotini yo‘q qilishni rejalashtirganini rasman tan oldi

Turk amaldorining Suriyada Rossiya aviatsiyasining parvozlari soni haqidagi xabardorligini ko‘rsatuvchi bayonotini Su-24M samolyotining yo‘q qilinishi bo‘yicha operatsiya oldindan rejalashtirilganining “rasmiy tan olinishi” deb hisoblash mumkin, deb aytdi vazirlik rasmiy vakili Igor Konashenkov.

Konashenkovning aytishicha, turk OAVlari Turkiya hukumatining rasmiy vakili No‘mon Kurtulmushga iqtibos keltirgan holda Rossiya aviatsiyasining Suriyada amalga oshirgan jangovor parvozlari haqida aniq ma'lumotlar keltirilgan bayonotni chop etishdi. Shu tariqa, Konashenkovning aytishicha, rasmiy Anqara rossiyalik harbiylar AQShga parvozlar haqida beradigan ma'lumotlarni olishini ko‘rsatdi.

“Kurtulmushning bu so‘zlarini Turkiyaning Suriyada Rossiya samolyotini yo‘q qilish va rossiyalik harbiylarni o‘ldirish bo‘yicha oldindan rejalashtirilgan operatsiya holatining rasman tan olishi deb hisoblash mumkin”, deb aytdi Konashenkov.

“24 noyabrda turk qiruvchi samolyoti bizning Su-24 samolyotiga hujum qilganda Turkiya bosh shtabi bizning samolyotlar qayerda, qanday vaqtda jangovor vazifani bajarishidan juda yaxshi xabardor bo‘lgan”, deb qo‘shimcha qildi Konashenkov.

Top