16:26 / 23.12.2015
4634

Tojikiston bosh prokuraturasi Tcell’dan kuzatish uskunalarini so‘ragani ma'lum bo‘ldi

Shu yilning kuzida Tojikiston bosh prokuraturasi Tcell mobil aloqa operatoridan kuzatish uskunalarini so‘ragan. Bu haqda TeliaSonera Shvetsiya-Finlyandiya kompaniyasining rasmiy saytida e'lon qilingan xabarnomada aytildi.

Aytilishicha, ushbu talabni Tojikistonning tegishli idorasi Tojikiston fuqarolari tomonidan xalqaro terrorchi guruhlar tarkibida sodir etilgan qurolli qo‘zg‘olonlar va og‘ir jinoyatlarni taftish qiluvchi davlat strukturasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirgan.

Bosh prokuratura, o‘z navbatida, buning evaziga Tcell’ning tijoriy va xo‘jalik faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligini ma'lum qilgan.

Xabarnomada ta'kidlanishicha, kompaniya uskuna faqat mahalliy qonunchilikka muvofiq ravishda noqonuniy faoliyat ustidan kuzatuv uchun qo‘llanilishi kafolatlangan taqdirdagina uni prokuraturaga taqdim etadi.

Top